Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik

Imtihonga har kuni, Telegramda tayyorlaning

Fanvaqti har kuni sizga moslangan test beradi: har javobdan keyin izoh va manba, zaif mavzularingiz boʻyicha tavsiyalar va natijalar tahlili. Fanlar bosqichma-bosqich qoʻshilmoqda.

  • Pilot davomida bepul
  • Parol va karta kerak emas
  • Roʻyxatdan oʻtish ~1 daqiqa
Fanvaqtibot

Tarix · Kunlik test · 3/10Quyida berilgan maʼlumotlardan qaysi biri XIX asr Oʻrta Osiyo davlatlari tarixi uchun xos? A) Xorazmning Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi B) Buxoro amirligining chor Rossiyasi tomonidan protektoratga aylantirilishi C) Buxoro xonligining Eron shohi Nodirshoh tomonidan bosib olinishi D) Abulxayrxon tomonidan “Oʻzbek ulusi” davlatiga asos solinishi

✅ Toʻgʻri · 41 soniya 💡 Buxoro amirligi XIX asrning 60–70-yillarida chor Rossiyasi protektoratiga aylantirilgan. Qolgan voqealar XV–XVIII asrlarga tegishli. 📖 Manba: OʻzBMB namunaviy test topshiriqlari

Misol: Tarix fanidan kunlik test

Kimlar uchun

Platformadan abituriyentlar va ustozlar foydalanadi, ota-onalar esa u qanday ishlashini bilishi kerak.

Abituriyentlar

Imtihonga kunlik reja bilan, oz-ozdan tayyorlaning.

  • Har kuni 10, 20 yoki 30 savol
  • Xato qilingan savollar qaytadan chiqadi
  • Zaif mavzular tahlilda koʻrinadi
Qanday ishlaydi

Ustozlar

Oʻz sertifikatingizga tayyorlaning va oʻquvchilaringizni taklif qiling.

  • Sertifikatli oʻqituvchilarga maosh ustamasi
  • Abituriyentlar bilan bir xil tayyorgarlik
  • Hamkorlik dasturi
Ustozlar uchun

Ota-onalar

Maʼlumotlar, xavfsizlik va toʻlovlar haqida ochiq maʼlumot.

  • Faqat zarur maʼlumotlar soʻraladi
  • 18 yoshgacha — ota-ona roziligi bilan
  • Pilot davomida hech qanday toʻlov yoʻq
Ota-onalar uchun

Qanday ishlaydi

Hammasi Telegram ichida: alohida ilova, parol yoki sayt hisobi kerak emas.

  1. Botni oching

    @fanvaqti_bot ga kiring va telefon raqamingizni tugma orqali ulashing.

    Telefon raqamingizni ulashing 👇

  2. Imtihon sanasini belgilang

    Bot kunlik reja va eslatmalarni imtihon kuningizga moslaydi.

    🎯 Imtihongacha 43 kun! Tayyorgarlik surʼatini shu sanaga moslayman.

  3. Boshlangʻich testdan oʻting

    Qisqa test bilim darajangizni aniqlaydi va kunlik testlarni ochadi.

    ✨ Kundalik testlar ochildi!

  4. Har kuni mashq qiling

    Test, izoh va tahlil — oʻzingiz tanlagan vaqtda eslatma bilan.

    🔔 Eslatma: Bugungi testingiz tayyor!

Botda nimalar bor

Har bir fanda bir xil imkoniyatlar — yangi fan qoʻshilganda ular ham shunday ishlaydi.

Sizga moslangan test

Har kuni 10, 20 yoki 30 savol. Savollar zaif mavzularingizga qarab tanlanadi.

Izoh va manba

Har javobdan keyin toʻgʻri javob, qisqa izoh va qaysi manbadan olingani.

Xatolar ustida ishlash

Xato qilingan savollar keyingi kunlarda yana chiqadi — oʻzlashtirilguncha.

Natijalar tahlili

Mini ilovada boʻlimlar va mavzular boʻyicha natijalar, haftalik surʼat.

Ustozlar tavsiyasi

Zaif mavzular uchun ustozlar tanlagan kitob boʻlimlari va video darslar.

Eslatma va seriya

Kunlik eslatma. Haftada bir kun oʻtkazib yuborilsa, seriya uzilmaydi.

Fanlar

Har bir fanning oʻz savollar banki va ustozlar jamoasi bor. Fan tayyor boʻlgach, botda ochiladi.

Barcha fanlar
Ochiq

Tarix

Imtihonlar: 27-oktabr, 29-dekabr, 28-mart
Beta

Huquq

Imtihonlar: 23-dekabr 6/11 boʻlim tayyor
Beta

Geografiya

Imtihonlar: 25-dekabr 2/6 boʻlim tayyor
Tez kunda

Matematika

Tayyorlanmoqda
Tez kunda

Ona tili va adabiyot

Tayyorlanmoqda
Tez kunda

Ingliz tili

Tayyorlanmoqda
Tez kunda

Rus tili

Tayyorlanmoqda
Tez kunda

Fizika

Tayyorlanmoqda
Tez kunda

Kimyo

Tayyorlanmoqda
Tez kunda

Biologiya

Tayyorlanmoqda

Milliy sertifikat nima?

Fan boʻyicha bilim darajasini tasdiqlovchi davlat sertifikati. Qisqacha — uchta asosiy fakt.

Batafsil: format, sanalar, ballar
Kim oʻtkazadi
Bilim va malakalarni baholash agentligi (OʻzBMB).
Natija
Daraja beriladi: A+, A, B+, B, C+ yoki C.
DTM uchun foydasi
A+ yoki A daraja oliy taʼlimga kirish testida shu fandan maksimal ball beradi; qolgan darajalarda ball natijaga mutanosib hisoblanadi.

Savollarga nega ishonsa boʻladi

Notoʻgʻri javobli savol — tayyorgarlikdagi eng katta xavf. Shuning uchun har bir savol ortida odam turadi.

Savollarni ustozlar yozadi
Har bir fan boʻyicha tajribali oʻqituvchilar jamoasi savollar va izohlarni tayyorlaydi.
Har izohda manba
Izoh ostida darslik yoki manba koʻrsatiladi — javobni oʻzingiz tekshira olasiz.
Xato bir tugma bilan xabar qilinadi
“Savolda xatolik bor” tugmasi xabarni ustozlarga yuboradi. Xato tasdiqlansa, savol olib tashlanadi va natijangizga taʼsir qilmaydi.
Rasmiy spetsifikatsiya asosida
Savollar OʻzBMB spetsifikatsiyasidagi boʻlimlar va topshiriq ballariga moslab tuziladi.

Jamoamiz bilan tanishing

Narxlar

Hozir pilot davri: barcha imkoniyatlar bepul. Keyingi narxlar oldindan shu yerda eʼlon qilinadi.

Narxlar sahifasi
Hozir · Pilot 0 soʻm

Barcha fanlar va imkoniyatlar. Karta maʼlumotlari soʻralmaydi.

Pilotdan keyin Oylik obuna

Avval bepul sinov haftasi. Narx oldindan eʼlon qilinadi.

Koʻp soʻraladigan savollar

Javob topilmasa, bizga yozing.

Barcha savollar
Fanvaqti bepulmi?

Pilot davomida barcha imkoniyatlar bepul. Keyinchalik oylik obuna joriy etiladi, undan oldin 7 kunlik bepul sinov boʻladi. Narx oldindan Narxlar sahifasida eʼlon qilinadi.

Qaysi fanlar bor?

Hozir Tarix fani ochiq, Huquq va Geografiya esa beta rejimida (savollar banki toʻldirilmoqda). Matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili, rus tili, fizika, kimyo va biologiya bosqichma-bosqich qoʻshiladi. Roʻyxat — Fanlar sahifasida.

Qanday roʻyxatdan oʻtaman?

Telegramda @fanvaqti_bot ni oching va “Start” tugmasini bosing. Bot telefon raqamingiz, ismingiz, tugʻilgan yil va oyingiz hamda hududingizni soʻraydi — taxminan 1 daqiqa.

Kompyuterdan foydalansa boʻladimi?

Ha. Bot va mini ilova Telegramning telefon, kompyuter va brauzer versiyalarida ishlaydi.

Savolda xato topsam-chi?

Savol ostidagi “Savolda xatolik bor” tugmasini bosing. Xabar ustozlarga boradi; xato tasdiqlansa, savol olib tashlanadi va natijangizga taʼsir qilmaydi.

Shaxsiy maʼlumotlarim xavfsizmi?

Faqat tayyorgarlik uchun zarur maʼlumotlar soʻraladi va Oʻzbekistondagi serverlarda saqlanadi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.

Birinchi testni bugun boshlang

Botni oching, raqamingizni ulashing va boshlangʻich testdan oʻting. Pilot davomida bepul.

Telegramda boshlash
Telefon kamerasi bilan skanerlang