Milliy sertifikat · Tarix

Tarix fanidan Milliy sertifikatga tayyorgarlik

Oʻzbekiston tarixi va jahon tarixi boʻyicha kunlik test, har javobdan keyin izoh va manba, davrlar boʻyicha tahlil. Tarix — Fanvaqtida birinchi ochilgan fan.

Imtihon sanalari

Roʻyxatdan oʻtish va toʻlov my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Toʻlov miqdori va qoidalar
  • 2026-yil 27-oktabr Roʻyxatdan oʻtish: 18-sentabr – 2-oktabr · toʻlov 3-oktabrgacha
  • 2026-yil 29-dekabr Roʻyxatdan oʻtish: 20-noyabr – 4-dekabr · toʻlov 5-dekabrgacha
  • 2027-yil 28-mart

Sanalar oʻzgarishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtishdan oldin tekshiring: Agentlikning rasmiy jadvali (Telegram)

Imtihon qanday tuzilgan

Test 45 ta topshiriq va 90 daqiqadan iborat. Topshiriqlar uch turda:

topshiriq
45
daqiqa
90
  • 32 yopiq topshiriq Toʻrt javobdan bittasi toʻgʻri.
  • 3 moslashtirish topshirigʻi Atamalar va tavsiflarni juftlash.
  • 10 qisqa javobli ochiq topshiriq Har biri a va b qismdan iborat; javob yoziladi.

Manba: OʻzBMB, Tarix fanidan test spetsifikatsiyasi (2024)

Qaysi davrlar soʻraladi

Savollar ikki yoʻnalish va toʻrt davr boʻyicha taqsimlanadi. Botdagi har bir savol shu sakkiz katakdan biriga tegishli, Dashboard esa har katak boʻyicha natijangizni koʻrsatadi.

Dashboard: Davr × Yoʻnalish Misol
Yoʻnalish Qadimgi davrOʻrta asrlarYangi davrEng yangi davr
Oʻzbekiston tarixi 72% 41% 58% 66%
Jahon tarixi 64% 35% eng zaif 49% 80%

Tarix botda qanday oʻrganiladi

Hozir botda bor imkoniyatlar — hammasi pilot davomida bepul.

Kunlik test

Har kuni 10, 20 yoki 30 ta yopiq savol — zaif mavzularingizga qarab tanlanadi.

Izoh va manba

Har javobdan keyin toʻgʻri javob, qisqa izoh va qaysi manbadan olingani.

Davr × Yoʻnalish tahlili

Mini ilovada sakkiz katak boʻyicha natijangiz: qaysi davr sust ekani darhol koʻrinadi.

Ustozlar tavsiyasi

Zaif mavzular uchun ustozlar tanlagan kitob boʻlimlari va video darslar.

Qisqa javobli ochiq topshiriqlar botda hozircha yoʻq — ular keyinroq qoʻshiladi.

Namunaviy topshiriq

OʻzBMB eʼlon qilgan ochiq namunadan bitta topshiriq. Javobni belgilang — botdagidek izoh va manba chiqadi.

Tarix fanidan namunaviy test topshiriqlari

9-topshiriq 2,2 ball

Tarixiy davlatni aniqlang.

Ushbu davlatda Burjua inqilobi XVIII asrning soʻnggi choragida boshlandi. Bu inqilob butun dunyo tarixi uchun ham maʼlum maʼnoda burilish nuqtasi boʻldi. U olgʻa surgan “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!” gʻoyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik taʼsir koʻrsatdi.

Javob variantlari

Tarix: savollar

Umumiy savollar — alohida sahifada.

Barcha savollar
Oʻzbekiston tarixi va jahon tarixi alohida imtihonmi?

Yoʻq. Bitta Tarix testi ikkala yoʻnalishni ham qamrab oladi. Botdagi tahlil ham ularni alohida koʻrsatadi — qaysi biri sustroq ekanini koʻrasiz.

Botdagi savollar imtihonda tushadimi?

Imtihon savollari oldindan eʼlon qilinmaydi. Botdagi savollarni Fanvaqti ustozlari rasmiy spetsifikatsiya va darsliklar asosida yozadi — ular imtihondagi mavzular va topshiriq turlariga tayyorlaydi.

Ochiq javobli topshiriqlarga ham tayyorlaysizmi?

Hozircha botda yopiq (bir javobli) savollar bor. Qisqa javobli ochiq topshiriqlar keyinroq qoʻshiladi.

Tarix oʻqituvchilari uchun sertifikat nima beradi?

Maktablarda tarixdan dars beruvchi, talab qilingan darajadagi (B+ va undan yuqori) milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga tarif stavkasining 50 foizi miqdorida ustama toʻlanadi. Batafsil — Ustozlar sahifasida.

Birinchi testni bugun boshlang

Botni oching, raqamingizni ulashing va boshlangʻich testdan oʻting. Pilot davomida bepul.

Telegramda boshlash
Telefon kamerasi bilan skanerlang